To‘rt yo‘nalish. Bitta o‘sish tizimi.
19AGENCY to‘rt yo‘nalishda ishlaydi: strategiya, kreativ, performance va o‘sish tizimlari. Har biri bitta biznes muammosini yechadi.
Avval biznes muammosini topamiz. Keyin unga kerakli ishni tanlaymiz.
Strategiya
Strategiya - biznes kimga, nima bilan va qaysi yo‘l bilan o‘sishini aniqlash.
Qaysi muammoni yechadi
Marketing bor, lekin aniq yo‘nalish yo‘q.
Nima qilamiz
Bozor tahlili, positioning, mijozni tushunish va bozorga chiqish rejasi.
Nima olasiz
Aniq strategiya, ustuvor vazifalar va harakat rejasi.
Kreativ
Kreativ - strategiyani odamlar eslab qoladigan va sotuvga ishlaydigan xabar va kontentga aylantirish.
Qaysi muammoni yechadi
Brend boshqalardan ajralmaydi.
Nima qilamiz
Konsepsiya, xabar, kampaniya va sotuvga ishlaydigan kreativ. LinkedIn, X va Instagram uchun kontent tizimi va kanalni yuritish.
Nima olasiz
O‘ziga xos kreativ yo‘nalish va ishlaydigan kontent tizimi.
Performance
Performance - reklama byudjetini o‘lchanadigan so‘rov va sotuvga aylantirish.
Qaysi muammoni yechadi
Reklama ishlayapti, lekin o‘sishga ta’siri aniq emas.
Nima qilamiz
Kanal rejasi, pullik media, tajriba va o‘lchov.
Nima olasiz
O‘lchanadigan mijoz jalb qilish rejasi va testlar yo‘li.
O‘sish tizimlari
O‘sish tizimlari - natijani bitta kampaniya yoki odamga emas, takror ishlaydigan jarayonga bog‘lash.
Qaysi muammoni yechadi
Natija alohida kampaniya yoki odamga bog‘lanib qolgan.
Nima qilamiz
Voronka, CRM yo‘llari, avtomatlashtirish va qayta aloqa.
Nima olasiz
Takror ishlaydigan o‘sish tizimi.
Ko‘p beriladigan savollar.
- 19Agency SMM agentligimi?
- Yo‘q. Biz marketing va brending hamkorimiz: avval strategiya va positioning, keyin kreativ va reklama.
- Ishni nimadan boshlaysiz?
- Growth Audit’dan. Hozirgi marketingingizni ko‘rib chiqamiz va eng katta to‘siqni topamiz.
- Qaysi bizneslar bilan ishlaysiz?
- O‘zbekiston va GCC’dagi o‘rta va yirik bizneslar bilan: xizmat, ta’lim, qurilish, IT, sog‘liqni saqlash, logistika.
- Natijani qanday o‘lchaysiz?
- Like emas - so‘rovlar, sotuvlar va bitta mijoz qanchaga tushgani bilan.
- Ijtimoiy tarmoqlarni ham yuritasizmi?
- Ha. LinkedIn, X va Instagram’ni strategiya bilan birga yuritamiz: positioning, kontent rejasi, post va videolar. Lekin biz bilan ish hech qachon post sonidan boshlanmaydi.